Xotin-qizlarga bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
O‘zbekiston XDP Jalaquduq tuman kengashi tomonidan tumandagi «Amir Temur» oilaviy shifokorlik punktida «Sog‘lom ona – sog‘lom jamiyat» loyihasi doirasida hududdagi ayollar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.
Tadbir davomida 115 nafar xotin-qizlarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilib, kasalligi aniqlangan ayollarning 4 nafariga tuman va 2 nafariga viloyat shifoxonalarida davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.
Bunday tadbirlarning har bir hududda muntazam o‘tkazilishi xotin-qizlarda kuzatiladigan kasalliklarni erta aniqlab, tezkor profilaktik nazorat o‘rnatishga zamin yaratadi.