Bino va inshootlarga huquqni e’tirof etish zarurati tushuntirildi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Muqaddas O‘razaliyeva saylov okrugida fuqarolarning murojaatlarini o‘rgandi.

Deputat "Nihol" mahallasida yangi qurilayotgan uylarda bo‘lib, aholi vakillari bilan muloqot o‘tkazdi. “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun haqida, uy-joyning hujjatlarini rasmiylashtirib qo‘yish zarurati haqida tushuncha berdi.

Kam daromadli oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlar tayinlash va to‘lash, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan 14-yoshgacha va bolalar va bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa to‘lash tartib-taomillari tushuntirildi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish ahamiyati, tomorqalardan unumli foydalanish, yechimini kutayotgan masalalar haqida ham fikr almashildi.

Deputat yangi qurilgan uylarda ichimlik suvini ta’minotini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish to‘g‘risidagi murojaatni hal etish yuzasidan o‘ziga vazifa belgilab oldi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish