Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Muqaddas Örazaliyeva tomonidan viloyatning Zomin tumanida bandlik holati va qişloq xöjaligi sohasida yaratilgan imkoniyatlar tahlil qilindi.
Xususan, tuman hududida joylaşgan umumiy maydoni 110 gektar bölgan boğ faoliyati, unda taşkil etilgan iş örinlari hamda fuqarolarni iş bilan ta’minlaş borasidagi natijalarga e’tibor qaratildi.
Mazkur boğda 45 nafar fuqaro doimiy, 100 nafar fuqaro esa mavsumiy iş bilan band. Ayniqsa, kam ta’minlangan oilalar vakillarining mehnat faoliyatiga jalb etilişi ularning daromadlarini oşiriş va turmuş şaroitlarini yaxşilaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Örganiş jarayonida aholi bandligini ta’minlaş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş va ehtiyojmand fuqarolar uçun yangi daromad manbalarini yaratiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputatlarning hududlardagi örganişlari va saylovçilar bilan uçraşuvlari davom etmoqda.