O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashi tomonidan yoshlarning intellektual salohiyati, bilim va tafakkurini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Zakovat” intellektual turniri tashkil etildi.
Jizzax viloyati Axborot-kutubxona markazida o‘tkazilgan bellashuvda Jizzax Sambhram universiteti talabalari ishtirok etdi. Musobaqada jami 6 ta jamoa o‘zaro bellashib, ishtirokchilarning bilim va salohiyati, mantiqiy fikrlash qobiliyati hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra “Liderlar” jamoasi 1-o‘rin, “Zukkolar” jamoasi 2-o‘rin, “Sambhram” jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindor jamoalar maxsus diplomlar, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bunday intellektual bellashuvlar yoshlarning bilim va tafakkurini rivojlantirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, kitobxonlik va ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.