ÖzXDP fraksiyasi aholi mablağlari himoyasi kuçaytirilişini qöllab-quvvatlaydi

 

Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda köp kvartirali uylar va boşqa köçmas mulk obyektlarini uluş kiritiş asosida quriş, migratsiya va personallaştiriş bölinmalari faoliyati hamda yaylovlardan foydalaniş tartibini takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihalari muhokama qilindi.

Dastlab yiğilişda partiya Saylovoldi dasturidan örin olgan «Köp kvartirali uylarni va boşqa köçmas mulk obyektlarini uluş kiritiş asosida quriş töğrisida»gi qonun loyihasi körib çiqildi.

Taşabbuskorlarning ta’kidlaşiça, loyiha birinçi va ikkinçi öqiş oraliğida qonunçilik talablariga muvofiqlaştirilgan. Unda axborot subyektlari, vakolatli bank, developer, ixtisoslaşgan quruvçi, loyiha deklaratsiyasi, uluşdor va uluşli quriliş kabi qator tuşunçalarga aniq şarh berilgan.

Muhokamalar jarayonida deputatlar quriliş sohasidagi tadbirkorlar va developerlar uçun belgilanayotgan huquqiy me’yorlar bilan birga, fuqarolarning uy-joy sotib olişdagi huquqlarini himoya qiliş, ularning mablağlari xavfsizligini ta’minlaş masalalariga ham alohida e’tibor qaratib, ayrim aniqlaştiruvçi savollarni kötardilar.

Xususan, fraksiya a’zolari Anvarxon Temirov va Şarofiddin Nazarov qonun loyihasining 41-moddasi ikkinçi qismida keltirilgan tartibni yengillaştiriş va quriliş işlari umumiy qiymatining köpi bilan 30 foizini developer va ixtisoslaşgan quruvçining mablağlari hisobidan, kamida 70 foizini esa loyihaviy moliyalaştiriş asosida amalga oşirişni nazarda tutgan me’yor yuzasidan öz taklif va fikrlarini bildirişdi.

Bugungi kunda köp kvartirali uylarni quriş jarayonida bitta xonadonni bir neçta fuqaro nomiga rasmiylaştiriş holatlarining köpaygani yoki uy quriş uçun sarflangan mablağning qaytarib berilmaslik xavfi keng muhokamalarga sabab bölmoqda.

Deputatimiz Sayyora Imomova ayni mana şu kabi salbiy holatlarga qarşi murosasiz kuraş olib borişda mazkur qonun loyihasi qanday mexanizmlarni özida aks ettirayotgani bilan qiziqqan bölsa, fraksiyamizning yana bir a’zosi Dilbar Mamadjonova esa loyiha kadastr idoralariga qanday majburiyatlar yuklayotganini söradi.

Loyiha taşabbuskorlari va mas’ul qömitaning tuşuntirişlaridan söng qonun loyihasi ikkinçi öqişda qöllab-quvvatlandi.

Jarayonda «Yaylovlar töğrisida»gi qonun loyihasi ham deputatlar tomonidan atrofliça muhokama qilindi.

Taklif etilayotgan yangi tartibga köra, yaylovlardan foydalaniş yönalişlari kengaytirilib, çorvaçilikdan taşqari ekoturizm, asalariçilik, dorivor ösimliklar yetiştiriş kabi yangi daromadli yönalişlarda ham faoliyat körsatişga ruxsat berilmoqda. Qolaversa, aholi xonadonlarining yaylovlardan foydalanişini qonuniylaştiriş maqsadida jamoat yaylovlari instituti amaliyotga tatbiq etilişi belgilanmoqda.

Ya’ni, yangi tizimga köra, fuqarolarga yaylov çiptasi asosida yer maydonlaridan bepul foydalaniş imkoniyati yaratiladi. Natijada 627,3 ming gektar maydondagi yerlarda 470 ta aholi yaşaş punkti uçun jamoat yaylovlari taşkil etiladi.

Bundan taşqari, yaylovlarni raqamli hisobga oliş, holatini kuzatiş va nazoratida inson omilini kamaytiriş maqsadida “E-yaylov” elektron platformasi işga tuşirilişi nazarda tutilmoqda.

Yiğilişda deputatlarimiz migratsiya xizmatlari faoliyatini takomillaştiriş, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining sud orqali samarali himoya etilişini ta’minlaşga oid qonun loyihalarini ham körib çiqişdi.

Şuningdek, texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi işlar, bu tizimda şaffoflikni ta’minlaş va korrupsiyaning oldini oliş çoralari böyiça mas’ul agentlikka parlament sörovi yuboriş taklifi ma’qullandi.

Yakunda kun tartibidagi masalalar böyiça Xalq demokratik partiyasi elektorati manfaatlaridan kelib çiqib, tegişli qarorlar qabul qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish