Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, chiqindi konteynerlari bilan ta’minlash hamda aholiga xizmat ko‘rsatish qamrovini kengaytirish masalalari yuzasidan «Yuksak orzu baraka» MCHJ Bo‘ston tumani filiali rahbariga Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. To‘ychiyeva tomonidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
Saylovchilar murojaatlari va hududdagi holatni o‘rganish jarayonida chiqindilarni olib chiqib ketish grafigi, maxsus texnika va ishchi xodimlar bilan bog‘liq muammolar aniqlanib, deputatlik so‘rovida ushbu masalalar ko‘tarilgan.
Mazkur so‘rov yuzasidan mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi. Unda deputatlik so‘rovida ko‘rsatilgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgani ma’lum qilingan.