O‘rta Chirchiqda 35 nafar yosh partiyaga qabul qilindi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topganining 35 yilligi munosabati bilan “35 yil — 35 yangi a’zo” loyihasi doirasida yangi a’zolarni partiya safiga qabul qilish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi tashabbusi bilan O‘rta Chirchiq tumanida ta’lim, tibbiyot, tadbirkorlik, madaniyat, sport, davlat va jamoat boshqaruvi hamda boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan 35 nafar yosh O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zoligiga qabul qilindi.

Loyiha doirasidagi ishlar yoshlarni partiya faoliyatiga jalb etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish