Yangihayot mahallasida ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanmoqda
O‘zbekiston XDP Termiz tuman kengashi raisi, tuman Kengashi deputati G. Shafoatova Yangihayot mahallasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida ichimlik suvi tarmog‘ini tortish jarayoni, ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishi ko‘zdan kechirildi.
Mazkur ishlar yakunlangach, mahalla aholisi uchun toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Deputatlik nazorati doirasida ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishiga e’tibor qaratildi.