Parkent tumani “Tolbuloq” mahallasida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati M. Nizomiddinov, tuman hokimligi mas’ullari hamda “mahalla yettiligi” ishtirokida ko‘p qavatli uylar va hududdagi infratuzilma holati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida drenaj tizimi, ko‘p qavatli uylar yerto‘lalarining tozaligi, hududni obodonlashtirish ishlari, ichimlik va oqova suv tarmoqlarining holati ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazorati o‘rnatildi.
Shuningdek, belgilangan vazifalarni joriy oy yakuniga qadar amalga oshirish hamda bajarilgan ishlar natijasini qayta o‘rganish bo‘yicha mahalla faollari bilan kelishib olindi.