O‘zXDP fraksiyasi rahbari Urganch tumanida o‘rganishlar o‘tkazib, aholi vakillari bilan muloqot qildi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov Xorazm viloyatining Urganch tumanida ijtimoiy soha obyektlarini o‘rganmoqda, saylovchilar, aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

U.Inoyatov dastlab tumandagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, rekonstruksiya ishlarining borishi bilan tanishdi. 1000 nafardan ziyod o‘quvchi ta’lim oladigan ushbu maktab deputatlik ovozi bilan Tashabbusli budjet doirasida to‘liq kapital ta’mirlanmoqda. Mutasaddilarga belgilangan reja-grafik bo‘yicha ta’mirlash ishlarini sifatli hamda o‘z vaqtida amalga oshirish, yangi o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan taklif-tavsiyalar berildi.

Tumandagi “Arboblar” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan muloqot o‘tkazilib, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, o‘z ishini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqarolarga har tomonlama qulay sharoit yaratish yo‘nalishlaridagi ishlar tahlil qilindi, oldinda turgan vazifalar haqida fikr almashildi.

Shuningdek, mahalla vakillarining murojaatlari tinglanib, mahalliy Kengash deputatlari hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish choralari belgilandi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish