Özbek alifbosini takomillaşişi yozuvimizni tartibga soliş, davlat tilidan foydalanişni yanada qulaylaştiriş yölida muhim qadamdir.
Bu masala köp yillardan buyon jamoatçilik muhokamasida bölib kelayotgan edi. Amaldagi alifbodagi ayrim harflar, xususan, ikki harfdan iborat birikmalar yoziş va öqiş jarayonida muayyan noqulayliklarni keltirib çiqarardi. Ayniqsa, telefon va kompyuterda matn teriş, elektron axborotni qidiriş hamda ma’lumot almaşişda turli texnik qiyinçiliklarga duç kelinardi.
Masalan, yoşlarimiz örtasida xabar yozişda “Ş” örniga “W”, “Ç” örniga esa “4” kabi raqam va begona belgilardan foydalaniş holatlari uçrab turardi. Bunday holatlar, amaldagi alifbodagi ayrim harf va harf birikmalarining kundalik raqamli muloqotda noqulaylik tuğdirişi bilan boğliq edi. Oqibatda, yozuvda turli xil yondaşuvlar paydo bölib, imlo qoidalariga rioya qiliş va yozuv madaniyatini saqlaş qiyinlaşardi.
Şu bois, barça uçun tuşunarli, qulay va bir xil qöllanadigan yozuv tizimiga ehtiyoj allaqaçon yuzaga kelgan edi.
Bugun biz raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan davrda yaşayapmiz. Muloqot, hujjatlar va axborot almaşinuvining katta qismi elektron şaklda amalga oşirilmoqda. Bunday şaroitda alifboning zamonaviy talablarga mos bölişi juda muhim. Takomillaştirilgan alifbo matn terişni soddalaştiriş, axborotni izlaş va almaşişdagi ayrim texnik noqulayliklarni bartaraf etiş, yozuvda bir xillikni ta’minlaşga xizmat qiladi.
Eng muhimi, bu özgarişlar farzandlarimizning ta’limi, aholi, ayniqsa, yoşlarning savodxonligini oşiriş uçun ham muhim ahamiyatga ega. Alifbo qançalik aniq, izçil va qulay bölsa, uni örganiş va amalda qöllaş ham şunçalik osonlaşadi. Bu bolalarning savod çiqarişiga, öqituvçilarning ta’lim beriş jarayoniga, yoşlarimizning esa öz ona tilida töğri, ravon va erkin yoziş könikmalarini mustahkamlaşga yordam beradi.
Özbekiston Xalq demokratik partiyasi ona tilimizni asrab-avaylaş, uni zamon talablariga mos ravişda rivojlantiriş, davlat tilining jamiyat hayotidagi örni va nufuzini yanada mustahkamlaşga qaratilgan uşbu taşabbusni qöllab-quvvatlaydi.
Abror Qurbonov,
Özbekiston XDP Markaziy Kengaşi
rais örinbosari.