Deputatimiz tashabbusi bilan Nevich qishlog‘ida infratuzilma yangilanmoqda


Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashidagi deputatimiz Muxsiddin Nizomiddinov joriy yilning fevral oyida Nevich mahallasida oʻrganish ishlarini olib organ edi. Unda hududning yo‘l infratuzilmasi, elektr ta’minoti, irrigatsiya tarmoqlari bilan bog‘liq muammolar borligi qayd etilgan edi.
Aniqlangan muammo va takliflar asosida maʼsul tashkilotlarga aniq maʼlumotlar hamda deputatlik soʻrovlari yuborilgan edi.
Natijada bugungi kunda mahallada manzilli dastur asosida simyogʻochlarni beton tayanch ustunlarga almashtirish, ichki irrigatsiya tarmoqlarini betonlash, mavjud nasos stansiyasini taʼmirlash, quyosh paneli oʻrnatish, ichki koʻchlarni asflatlashtirish, piyodalar yoʻlakchasini qurish kabi ishlar koʻzda tutilgan.
Deputatimiz bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlarni mahalla faollari bilan birma bir koʻzdan kechirdi. Ishlarning sifati, vaqtida bajarilishi ustidan jamoatchilik nazorati olib borildi.

← Roʻyxatga qaytish