Hamjihat xalqimizning muhtasham bayrami

Mustaqillik xalqimizning jipsligi va hamjihatligini yanada oshiradigan eng ulug‘, eng aziz bayramga aylanganiga kechagi tantanalarda yana bir bor guvoh bo‘ldik. Bayram dasturidagi ulug‘vor va jo‘shqin chiqishlar g‘urur va iftixorni oshirdi. “Yangi Toshkent” hududida qad rostlagan muhtasham maydonda yangragan tarixiy fikr va yangi tashabbuslar xalqimiz kuch-qudrati, bunyodkorlik salohiyatining hayotiy namoyoni bo‘ldi.

Prezidentning Mustaqilligimiz 35 yillik ayyomidagi nutqi bayram tabrigigina emas, yaqin yillar uchun hayotiy dastur bo‘ldi. Nutqda odamlarning roziligi, kuchli ijtimoiy himoya va inson qadri eng oliy o‘ringa qo‘yildi. Bu O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining bosh maqsadi bo‘lgan ijtimoiy himoya va barqarorlik, tenglik tamoyillari bugun mamlakatimizda davlat siyosatining bosh mezonlaridan biriga aylanganini yana bir bor qat’iy isbotladi.

Eng muhimi, kelgusi o‘n yillikda xalqimiz hayotini tubdan yaxshilaydigan 7 ta milliy dastur haqida e’lon qilindi. Ushbu dasturlar partiyamiz elektorati va g‘oyalariga ayni muvofiq keladi.

Birinchidan, xalqimizning sog‘lom bo‘lishi va tibbiy sug‘urtani har bir xonadonga kiritish dasturi partiyamiz yillar davomida kurashib kelayotgan «har bir inson uchun sifatli va bepul tibbiyot» tamoyilini hayotimizga izchil olib kiradi.

Ikkinchidan, mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirish tashabbusi mahalliy budjet va loyihalarni yuqoridan emas, aynan oddiy odamlar, ehtiyojmand oilalarning ehtiyojlaridan kelib chiqib taqsimlash imkonini beradi. Bu biz himoya qilayotgan ijtimoiy tenglik, shuningdek, davlatning xalqimiz oldidagi mas’uliyatini yanada oshirish g‘oyalari ro‘yobining asl ifodasi bo‘ladi.

Davlat rahbari 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmini 300 milliard dollarga yetkazish, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 10 ming dollardan oshirish, sanoatda 2 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish vazifasini qo‘ydi.

Bu raqamlar ortida yuz minglab oilalarning farovonligi, yoshlarimizning munosib ish bilan ta’minlanishi turibdi. Iqtisodiy o‘sish bilan birga ijtimoiy uy-joylar qurilishi va ijtimoiy xizmatlar sifatining oshirilishi Xalq demokratik partiyasi a’zolari va xayrixohlari faol qo‘llab-quvvatlaydigan katta qadamdir.

«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!», degan ezgu g‘oya atrofida yurtdoshlarimiz, xalqimiz jips ekan, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy, kerak bo‘lsa, ham siyosiy jihatdan ertaga, albatta, yanada qudratliroq bo‘lamiz. Parlamentdagi va mahalliy Kengashlardagi deputatlarimiz, faollar va fidoyilarimiz bilan birga xalqimiz manfaatlarini himoya qilish yo‘lida sidqidildan xizmat qilishga tayyormiz.

Ulug‘bek Inoyatov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi

O‘zbekiston XDP fraksiyasi rahbari.