Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi

 

O‘zbekiston XDP Ohangaron tuman kengashi deputati Feruza Xolturayeva tashabbusi bilan Ohangaron tumani Tibbiyot birlashmasida tumanning chekka hududlari hisoblangan “Sanam”, “Susam” va “Chivildoq” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbir aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash hamda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik davomida turli yo‘nalishdagi mutaxassis shifokorlar fuqarolarni ko‘rikdan o‘tkazdi. Jumladan, ginekolog qabulida 76 nafar, terapevt qabulida 40 nafar hamda LOR shifokori qabulida 39 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

Ko‘rik yakunlariga ko‘ra, bir nafar o‘quvchi qiz chuqurlashtirilgan tekshiruv va davolanish uchun Toshkent tibbiyot institutiga yo‘llanma oldi. Shuningdek, salomatlik holatiga ko‘ra 3 nafar fuqaro oilaviy tibbiyot muassasasi orqali statsionar davolanishga yo‘naltirildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish