Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashidagi deputati A.Oripov, Oltinsoy tumanidagi tuman Kengashidagi deputatimiz X.Xujaqulov hamda partiyamiz tuman kengashi raisi O.Avazovlar “Ekraz” mahallasida joylashgan 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish olib borishdi.
O‘rganish jarayonida muassasaning obodonlashtirish ishlari, moddiy-texnik ta’minoti, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati va infratuzilma holati, bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish va pedagog xodimlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari tahlil qilindi.
Shuningdek, muassasa xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, tashkilot faoliyatini yanada samarali tashkil etish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish borasida ham ularning fikr-mulohazalari tinglandi.