Bog‘ikalon mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi

 

Xalq deputatlari Buxoro tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zolari – Kengash raisi R.Nabiyev, kotibiyat mudiri S.Samadov hamda kotibiyat xodimlari ishtirokida “Bog‘ikalon” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Bog‘ikalon va Qo‘shxodim qishloqlari aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, hududdagi transformatorni ta’mirlash va modernizatsiya qilish jarayonlari o‘rganildi.

Mas’ullar bilan muloqotda ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, aholi xonadonlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, bu kabi ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish