Mangulik mahallasida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

 

Xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashi deputati B.Yaqubov tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi asosida Mangulik mahallasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar boshlandi.

Jumladan, mahalladagi P.Mahmud va Nurli-Yulduz ko‘chalarida yo‘llarni yaxshilash maqsadida yo‘l qismi tekislanib, shag‘al qoplamasi yotqizilmoqda. Shuningdek, harakat xavfsizligini ta’minlash va piyodalar uchun qulaylik yaratish maqsadida piyodalar yo‘lakchasi qayta chizildi.

Amalga oshirilayotgan ishlar aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni hal etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

Deputatlik nazorati va deputat so‘rovlari orqali joylardagi muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, aholi manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish