G‘allaorol tumanida deputatlarimiz maktabgacha ta’lim muassasasidagi kamchiliklarni o‘rgandi
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlari tomonidan Do‘stlik mahallasi hududida joylashgan 24-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida ayrim muammolar aniqlandi. Jumladan, oshxonadagi suv isitish uskunasi nosoz holatda bo‘lib, issiq va sovuq suv ta’minoti ishlamayotgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, 2 ta – 8 ko‘zli pechning 4 ta ko‘zi nosoz holatga kelgani kuzatildi.
Bundan tashqari, kanalizatsiya tizimi eskirgani hamda ta’mirtalab holatga kelgani, muassasa hududida bolalar uchun 2 ta yozgi ayvonchaga ehtiyoj mavjudligi qayd etildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli masalalar deputatlar tomonidan nazoratga olindi.