Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlanmoqda
Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi deputati Sh. Xudayarov Gurlan shaharchasi aholisi murojaatlarini o‘rganib, 4 ta bir-biriga tutash mahallalar hududidan o‘tuvchi “Xizir eli” kanalining ayrim qismlari ko‘milib qolganligi sababli, bahor-yoz mavsumida suv o‘tishida muammolar yuzaga kelayotgani holati yuzasidan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DMga deputat so‘rovi yuborgan edi.
Ayni kunlarda kanal bo‘ylab qazish hamda tozalash ishlari olib borilmoqda.
Ishlar yakuniga yetgach, kanalning suv o‘tkazuvchanligi yaxshilanib, hududdagi sug‘orish tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.