Deputat ko‘magi bilan aholining ekin maydonlari oqava suv bilan ta’minlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi a’zosi Baxitjan Xabibullayev Kegeyli tumanidagi “Bay ovul” va “Basar ovul” aholisi bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida ushbu hududlarga oqava suv olib keluvchi asosiy ariq to‘silib qolgani – ekin yerlarini sug‘orish, aholining daromad manbalari va dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani yuzasidan murojaat kelib tushgan edi.
Mazkur masala yuzasidan deputatimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga deputatlik so‘rovi yubordi. Natijada tegishli mutaxassislar va maxsus texnikalar yordamida oqava suv o‘tadigan ariq to‘liq qazilib, ekin yerlarining sug‘orilishiga sharoit yaratib berildi.