Yoshlar o‘rtasida sport bellashuvi o‘tkazildi

 

Partiyamiz Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli sport musobaqalari tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini hayotiy qadriyat sifatida shakllantirish hamda jamoaviylik, do‘stlik va hamjihatlik ruhini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Futbol, voleybol, shaxmat, shashka sport musobaqalarida yoshlar faol ishtirok etib, o‘z mahorati, irodasi va intilishlarini namoyon etdilar. Har bir bellashuv qizg‘in, murosasiz tarzda o‘tdi.

Ayniqsa, jamoaviy sport turlarida ishtirokchilar o‘rtasida birdamlik, o‘zaro hurmat va haqiqiy sport ruhi yaqqol namoyon bo‘ldi. Intellektual o‘yinlarda esa yoshlarning fikrlash qobiliyati, strategik yondashuvi va diqqat-e’tibori sinovdan o‘tkazildi.

G‘olib va sovrindorlar faxrli diplom hamda esdalik sovg‘alar taqdirlandi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish