Xalq deputatlari Forish tuman Kengashidagi deputatimiz G. Karimova tomonidan hududdagi 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarining sifati o‘rganildi.
O‘rganish davomida bolalar uchun yaratilgan qulay muhit, guruh xonalari, o‘yin maydonchalari va mavjud jihozlar holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tarbiyachilar faoliyati, ularning malakasi hamda bolalar bilan olib borilayotgan mashg‘ulotlar jarayoni tahlil qilindi.
Alohida e’tibor ovqatlanish sifati va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishiga qaratildi. O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Deputat tomonidan maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalar uchun yanada sog‘lom shart-sharoitlar yaratish muhim ekani ta’kidlandi.