Xalq deputatlari Namangan tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi tomonidan tumanda faoliyat olib boruvchi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:
– Bolalar qamrovi;
– Sog‘lom ovqatlantirish tartibi;
– Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tayyorlash jarayonlarining sanitariya me’yorlariga mosligi;
– Oshxona, ta’minot va nazorat tizimlarida shaffoflik, sifat va uzluksizlikni ta’minlash holati;
– Ovqatlanish tizimining bolalar salomatligi, o‘sish va xavfsizlik ko‘rsatkichlariga amaliy ta’siri kabi masalalar o‘rganilmoqda.
Mazkur jarayonlar Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-sonli qarori ijrosini nazorat qilish doirasida amalga oshirilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlari Umidjon Soliev va Xayrullo Qoraboyevlar ishtirokida chuqur tahlillar asosida olib borildi.
Tumandagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar qamrovi muassasa quvvatiga nisbatan yuqori darajada ekanligi, sog‘lom ovqatlantirish tartibi va sanitariya me’yorlariga to‘liq rioya etilayotgani hamda ta’minot tizimida shaffoflik yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan ayrim muammolar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rganish ishlari davom etmoqda.