Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Sayyora Imamova Taxiatosh tumanidagi oilaviy poliklinikada bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bilan tanishdi va tibbiyot xodimlari bilan muloqot qildi.
Ushbu tibbiyot muassasasida zamonaviy laboratoriya faoliyati tashkil etilgan bo‘lib, hudud aholisi uchun barcha zarur tibbiy tahlillarni shu yerning o‘zida, tezkor va aniq amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. Bu esa kasalliklarni erta bosqichda aniqlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, deputat S.Imamova tibbiyot maskanining texnik imkoniyatlari va dori-darmon ta’minotini ham ko‘zdan kechirdi. Shifokorlar bilan bo‘lgan suhbatda aholining tibbiy xizmatdan roziligi sohadagi islohotlarning bosh mezoni ekanligi ta’kidlandi.