Deputat tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlarini o‘tkazdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shokirjon Ahmedov hududlarda aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida Farg‘ona viloyatining Buvayda tuman tibbiyot birlashmasida bo‘ldi.
O‘rganish davomida deputat mazkur tibbiyot birlashmasida yaratilgan shart-sharoitlar, davolash jarayonlari hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, muassasaning moddiy-texnik bazasi, mavjud tibbiy asbob-uskunalar, dori-darmon vositalari ta’minoti, shuningdek, zamonaviy diagnostika va davolash imkoniyatlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.