Deputatimiz tuproq yo‘llar muammosiga yechim izlamoqda

 

Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashidagi deputatimiz R.Rasulov “Kattaqo‘rg‘on” mahallasiga borib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Oybek ko‘chasida yashovchi fuqarolar deputatga ichki yo‘llari tuproq ekanligini, ayniqsa, bahor-kuz mavsumidagi yog‘ingarchiliklar vaqtida bu ko‘chalarda harakatlanish piyodalar nafaqat piyodalar, balki avtotransport vositalari uchun katta qiyinchiliklar tug‘dirayotganini bildirishdi.

Deputat masalani joyiga chiqib o‘rgandi va mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi yubordi. So‘rovda yo‘llarning hozirgi holati suratlar asosida ilova qilinib, aholini qiynab kelayotgan masalaga ijobiy yechim topish so‘ralgan.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish