Deputat aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini o‘rgandi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Saida Sharipova tumandagi Siyoz-Poyon hamda Mustaqillik oilaviy shifokorlik punktlarida bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar holatini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud tibbiy jihozlar hamda dori-darmonlar ta’minoti ham ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda tizim samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan, ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, profilaktik ko‘riklar tashkil etilishi hamda kasalliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, oilaviy shifokorlik punktida xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda tibbiyot xodimlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda joylarda mavjud muammolarni o‘rganib, ularning yechimini topish borasidagi bunday amaliy o‘rganishlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish