Baxmal tuman Kengashidagi deputatimiz G.Keldibekova “O‘rmonchi” mahallasiga borib, aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Yelkadosh ko‘chasida yashovchi fuqarolar deputatga hudud aholisini qiynayotgan muammo haqida gapirishdi. Unga ko‘ra, uzoq yillardan beri fuqarolar Yelkadosh ko‘chasining ichki yo‘llari tuproq ekanligidan qiynalib kelgan. Ayniqsa, bahor-kuz mavsumidagi yog‘ingarchiliklar vaqtida bu ko‘chalarda harakatlanish piyodalar nafaqat piyodalar, balki avtotransport vositalari uchun katta qiyinchiliklarni tug‘dirib kelgan.
Deputat masalani joyiga chiqib o‘rgandi va mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi yubordi. So‘rovda yo‘llarning hozirgi holati va aholi uchun yaratilishi lozim bo‘lgan standarti haqida aniq ma’lumotlar keltirilgan.