Deputat murojaati asosida yo‘l infratuzilmasi yaxshilandi

 

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashidagi deputatimiz S.Egamnazarova Cheksaroy va Chektuvadoq qishloqlarini bog‘lovchi asosiy yo‘ldagi zovurning quvurlarini chiqindidan tozalash masalasida tuman hokimi o‘rinbosari O.Xalimovga deputatlik so‘rovi yuborgan edi.

Deputatlik so‘rovi natijasida tegishli tashkilotlar Cheksaroy qishlog‘ining “Navbahor” ko‘chasi hamda Chektuvadoq qishlog‘ining “Do‘stlik” ko‘chasini kesib o‘tuvchi yo‘l ostidagi quvurlar to‘liq tozalandi. Shuningdek, foydalanish muddati o‘tgan va eskirgan quvurlar yangisiga almashtirildi.

Amalga oshirilgan bunday ishlar hududda suv oqimini yaxshilash, yo‘l infratuzilmasining mustahkamligini ta’minlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish