Deputat uyma-uy yurib uchrashuvlar o‘tkazdi

 

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati Sherali Mamadetsoyev Xovos tumanidagi “Bunyodkor”, “Obod turmush”, “Gulbahor”, “Mustaqillikning 25-yilligi”, hamda “Oqchangal”mahallalarida xonadonma-xonadon yurib, kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar hamda yordamga muhtoj fuqarolar bilan suhbatlashdi.

Uchrashuvlardan asosiy maqsad fuqarolarning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishish, ularni qiynayotgan muammolarni bevosita joyiga borib o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi. Muloqotlar davomida bandlik, uy-joy, moddiy yordam, tibbiy xizmatdan foydalanish, ijtimoiy nafaqa va subsidiya masalalari yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Har bir xonadonda ko‘tarilgan masalalar atroflicha qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Ayrim muammolar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar esa deputat nazoratiga olindi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish