Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashidagi deputatimiz M.Niyazova “Chig‘atoy” mahallasidagi fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda aholi vakillari “Chig‘atoy” qishlog‘ining “Baraka” ko‘chasini asfaltlashtirishda deputatdan yordam so‘rashdi.
Xalq vakili masalani joyiga chiqib o‘rganganda “Baraka” ko‘chasining bugungi holati nafaqat texnika balki, piyodalar harakatlanishi uchun ham qiyinchilik tug‘dirishiga amin bo‘ldi.
Natijada deputat yo‘lni asfaltlash masalasida tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovi yubordi. So‘rovda “Baraka” ko‘chasining mavjud holati, aholi uchun yuzaga kelayotgan noqulayliklar hamda yo‘lning asfalt qoplamasiga muhtojligi asoslantirilib, ushbu masalani tegishli dasturga kiritish va amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.