O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Amudaryo tumanida “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri o‘tkazildi.
Intellektual turnirni tashkil etishdan asosiy maqsad — yoshlarning siyosiy bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish, ularning mamlakatimizda kechayotgan siyosiy jarayonlarda faolligini oshirish hamda ijtimoiy jarayonlarga jalb qilishdan iboratdir.
Intellektual turnir ishtirokchilari ikkita shart bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Yuqori saviyada va qizg‘in raqobat ruhida o‘tgan intellektual turnir yakunlariga ko‘ra, “Yuksalish” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Yoshlar” va “Taraqqiyot” jamoalari ikkinchi o‘rinni, “Qalqon” hamda “Vatanparvar” jamoalari esa uchinchi o‘ringa loyiq topildi.
G‘oliblar partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan tayyorlangan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tadbir yakunida partiya safiga yangi a’zolar qabul qilindi.