Deputatlarimiz andijonlik yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Deputatlarimiz andijonlik yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

 

Fraksiyamiz a’zolari Odiljon Iminov va Anvarjon Nurmatovlar Andijon Texnika institutida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘ktazishdi.

Deputatlar yurtimizda navqiron avlod vakillariga qaratilayotgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini, ularni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik qilish istagini bildirgan yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga “Kelajakka bir qadam” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar haqida atroflicha so‘z yuritishdi.

Yoshlarning bilim olishi, kasb egallashi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritilib, bu islohotlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori ekani qayd etildi.

Shuningdek, xalq vakillari yoshlarni faollikka, tashabbuskorlikka va o‘z ustida tinimsiz ishlashga chaqirdi. Bugungi imkoniyatlardan samarali foydalangan yosh – ertangi kun yetakchisi ekani alohida urg‘ulandi.

Deputatlar «Sadoqat» va «Bo‘ston» mahallalarida bo‘lib, mahalla yettiligi a’zolari bilan suhbatlashdilar. Ular qonunchilikdagi yangiliklar, mamlakatimizda mahallaga, yoshlarga berilayotgan e’tibor, amalga oshirilgan islohotlar natijasida hozirgacha erishilgan yutuqlar haqida gapirdilar. Mahallalar faollari o‘zlarining kundalik ishlari, odamlarning kayfiyati, faoliyatida uchrayotgan muammolar haqida ma’lumot berib, ularni bartaraf etish yuzasidan deputatlardan takliflar olishdi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish