“Bir mahalla – bir tashabbus” aksiyasi doirasida mahallalardagi o‘rganishlar davom etmoqda

 

Partiyamiz Boysun tuman kengashi mas’ullari va deputatlaridan iborat ishchi guruh “Kosiblar” mahallasida o‘rganish olib bordi.

Aholi vakillari “Mirzo Ulug‘bek” ko‘chasidan “Sharafli” ko‘chasiga bo‘lgan masofaga o‘rnatilgan yog‘och elektr ustunlari eskirgani sababli keying paytlarda hududda tez-tez elektr energiyasida uzilishlar yuzaga kelayotganini ma’lum qilgan.

Qolaversa, “Mirzo Ulug‘bek” ko‘chasidan “Omonlik” ko‘chasiga qadar bo‘lgan oraliqqa suv quvurlari 1979-yilda o‘rnatilgan. Quvurlardan deyarli 50 yildan beri foydalanilayotgani uchun ham ular ma’nan eskirgan. Shu sababli hozirgi kunda vaqti-vaqti bilan quvurlarning yorilishi kuzatilmoqda, bundan tashqari mahallaning “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilgan ko‘p qavatli uylarning atrofidagi ichki yo‘llar asfaltlanmagani uchun ushbu hududda harakatlanish qiyinchilik tug‘dirayotgani aytilgan.

Ishchi guruh tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur murojaatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishini ma’lum qilishdi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish