Deputatlik so‘rovi asosida mahalla muammolariga yechim topildi
Xalq deputatlari Qorako‘l tuman Kengashi deputati L. Shermuhammedova yuborgan deputatlik so‘rovi asosida Xo‘jalar mahallasi hududidan o‘tuvchi “Narimangul” arig‘i hamda uning bo‘yidagi piyodalar yo‘lagini aholi uchun qulay tarzda qayta qurish ishlari boshlab yuborildi.
Hozirda “Narimangul” arig‘ida qurilish-montaj ishlari qizg‘in davom etmoqda. Mazkur ishlar yakunlangach, piyodalar yo‘lagi ham qayta qurilib, foydalanishga topshiriladi.