Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashidagi deputatimiz Ch.Yusupov “Janub Qalqonlari” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda mahallada joylashgan 32-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining tashqi 200 kv.m tom osti qismi ta’mirlanmay qolgani aytilgan edi.
Deputat holatni joyiga chiqib o‘rganib, muassasaning tom osti qismini ta’mirlatish maqsadida tuman hokimining o‘rinbosari A.Rajabovga hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i S.Adinayevga deputat so‘rovi yubordi.
Natijada, deputat so‘roviga javoban mas’ullar mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining tom osti qismini to‘liq ta’mirlanishiga hissa qo‘shishdi. Mazkur holat jamoatchilik nazorati hamda deputat tashabbusining amaliy ifodasidir.