Deputatimiz M.O‘razaliyeva Zomin tumanida joylashgan Sport maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Deputat sport maktabi rahbariyati va mas’ul xodimlar bilan suhbatlashib, sport sohasini yanada rivojlantirish, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirdi.
Sport maktabidagi mashg‘ulot zallari, sport jihozlarining holati, o‘quv-mashg‘ulot jarayonining tashkil etilishi, shuningdek, yosh sportchilar uchun yaratilgan qulayliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Mavjud infratuzilma imkoniyatlari, ta’mirtalab joylar hamda sport turlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim muammolar joyida o‘rganildi.
Shuningdek, sport maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.