Deputat tashabbusi bilan murojaat ijobiy hal etildi
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati M.Xayrulloyev tomonidan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlari markaziga yuborilgan deputatlik so‘rovi asosida muhim masalaga yechim topildi.
Gap shundaki, deputatimizga Vobkent tumanining Paxtakor qishlog‘ida yashovchi 2-guruh nogironi Anvar Hakimov tomonidan uning ta’mirtalab holga kelgan nogironlik aravachasini yangisiga almashtirish bo‘yicha murojaat bo‘lgan edi.
Murojaatga asosan yuborilgan deputatlik so‘rovi natijasida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan yangi, sayr qilishga mo‘ljallangan nogironlik aravachasi olib berilib, muammo ijobiy hal etildi.