Samarqandning eng faol deputati aniqlandi

 

Partiyamiz Samarqand viloyat kengashida “Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Tanlovning viloyat bosqichida shahar va tumanlar miqyosida o‘tkazilgan tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 16 nafar deputat ishtirok etdi.

Ishtirokchilar aholi muammosini hal etishning eng samarali yo‘li, siyosiy hozirjavoblik va muammoni hal qilish kabi shartlarda bellashishdi. Hakamlar hay’ati ishtirokchilarni belgilangan mezonlar asosida baholab bordi.

Yakunda xalq deputatlari Nurobod tumani kengashi deputati Ibodullayev Bahodir g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish