Konstitutsiyaning 33 yilligiga bag‘ishlab Nukusda yoshlar bilan huquqiy muloqot o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan Nukus shahridagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining o‘ttiz uch yilligiga bag‘ishlab muloqot tashkil etildi.

Muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarning huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash, fuqarolik mas’uliyatini oshirish va Konstitutsiyada nazarda tutilgan huquq va imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilishdir.

Shuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyani hayotga tatbiq etishda yoshlarning ishtiroki juda muhim ahamiyat kasb etishi, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol, mas’uliyatli va tashabbuskor bo‘lishi uchun barcha asoslar Bosh qomusimizda mustahkamlab qo‘yilgani ta’kidlandi.

 

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish