Pop tumanidagi internat-uyida yo‘qlov tadbirlari o‘tkazildi

 

O‘zbekiston XDP Pop tuman kengashi tomonidan “Har bir insonga mehr-muruvvat ko‘rsatish – burchimiz!” loyihasi doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qiladigan “Muruvvat” erkaklar internat-uyida navbatdagi yo‘qlov tadbiri o‘tkazildi.

Uchrashuvda partiyaning tuman kengashi raisi G. Muminova, deputatlar Sh. Jo‘rayev va Ye. Tursunov, tuman hokimligi mutasaddilari hamda sport maktabi xodimlari ishtirok etib, muassasadagi sharoitlar, moddiy-texnik baza va xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi, mavjud ehtiyojlar yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida homiylar tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari internat-uyi yashovchilariga topshirildi. Mazkur tashabbus ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mehr-muruvvat va inson qadri masalalariga partiyaning doimiy e’tiborini yana bir bor namoyon etdi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish