Yangiyo‘lda ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlandi

 

Partiyamiz Yangiyo‘l tumani kengashi deputati A.Yuldashov hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya tadbiri o‘tkazdi.

Ushbu tadbir doirasida tumanning turli mahallalarida istiqomat qiluvchi 40 ta og‘ir sharoitdagi oila aniqlanib, ularga 13 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat yordam to‘plamlari yetkazib berildi.

Deputat nafaqat moddiy qo‘llab-quvvatlash, balki oilalarning kelgusida mustaqil daromad topish imkoniyatlarini oshirish masalasi ham e’tibor qaratdi. Shu maqsadda har bir oilaning mehnatga layoqatli a’zolariga kasb-hunar o‘rganishi uchun bepul ta’lim vaucherlari topshirildi. Mazkur vaucherlar orqali fuqarolar kompyuter savodxonligi va bolalar massaji yo‘nalishlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida bepul tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bunday xayrli tashabbuslar ehtiyojmand aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot sifati va doimiy daromadga ega bo‘lishiga imkoniyat yaratadi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish