Paxtaobodda ehtiyojmand aholi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
Partiyamiz Paxtaobod tuman kengashi tashabbusi bilan tumandagi 54-poliklinikada ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oila vakillarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida “Salomatlik aksiyasi” loyihasi tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rikda “Sog‘lom avlod uchun” viloyat birlashmasining ginekolog, terapevt, nevropatolog va bolalar shifokorlari kabi oliy toifali mutaxassislar ishtirok etdi.
Kun bo‘yi davom etgan tibbiy ko‘rikda 57 nafar ayol va 15 nafar bolalar bepul tekshiruvdan o‘tkazildi. Kasallik aniqlangan bemorlarga turli darajada yordam va bepul davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. Jumladan, 8 nafar ayolga davolanish uchun yo‘llanma berildi. Ba’zi bemorlarga 6 turdagi dori-darmonlar bepul tarqatildi.