Deputatimiz tashabbusi bilan ichki yo‘llar ta’mirlandi
Deputatimiz tashabbusi bilan ichki yo‘llar ta’mirlandi

 

Partiyamiz Zomin tuman kengashi deputati R.Mamatqulovga tumanning 5 ta — Jiydali, Baxt, Barkamol, G‘uncha va Ziyoli ko‘chalari istiqomat qiluvchi fuqarolardan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda mazkur ko‘chalarda kuz-qish mavsumidagi yog‘ingarchilikda suv to‘planib transport vositalari va piyodalar harakatlanishi uchun noqulay holatga kelishi aytilib, yo‘llarni shag‘allashtirishda deputatimizdan yordam so‘ralgan.

Deputat mas’ul idoralar bilan bog‘lanib ushbu muammoni ijobiy hal etish choralarini izlagan. Natijada hozirda deputat tashabbusi bilan ko‘chalarning jami 4,25 km shag‘al yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur shag‘al yotqizish jarayonlarini deputat bevosita o‘z nazoratiga olgan. Aholi vakillari ham olib borilayotgan bunday xayrli ishlaridan mamnunligini bildirishmoqda.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish