Deputat so‘rovi bilan maktabning muammolariga yechim topilmoqda

 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashidagi deputatimiz Obloberdi Olimov tumanning “Oltinariq” mahallasida joylashgan 20 umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ko‘zdan kechirgan edi. O‘rganishlar natijasida bir qator muammo va kamchiliklar aniqlandi. Jumladan:

Maktabdagi 4 ta isitish qozonining ikkitasi ma’nan eskirib, foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolgan. Qolgan ikkita isitish qozoni esa o‘tgan yilgi mavsumda ishdan chiqqan. Shunday qilib, maktabda isitish tizimi ishdan chiqqan, degan xulosaga kelingan. Bundan tashqari maktabning tom qismi ham ta’mir talab holatga kelib qolgani aytilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, deputat Quva tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari J.Zokirovga mazkur muammolarni bartaraf etishda amaliy yordam so‘rab deputat so‘rovi yuborilgan edi.

Mas’ulning javob xatida keltirilishicha, hozirda maktabni kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun tegishli mutasaddilar tomonidan zarur tahlil ishlari olib borilmoqda. Bunda maktabning isitish tizimiga doir kamchiliklarni bartaraf yetish hamda moddiy texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari belgilanmoqda.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish