Xorazmda yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

Partiyamiz Xorazm viloyat hamda Urganch shahar kengashi hamkorlikda Urganch davlat universitetida talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Safimizdagi yoshlar” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tgan muloqotda yoshlarni ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga jalb etish, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, vatanparvarlik ruhini yuksaltirish hamda partiya safiga iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni jalb qilishga e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda yoshlar bilan fikr almashilib, ulardan takliflar olindi. Bu kabi tadbirlar partiyaning yoshlar bilan ishlashdagi ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, yoshlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faol ishtirokiga zamin yaratadi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish