Chilonzor tumanida bolalar maydonchalari va sport inshootlarining holati o‘rganildi

 

Partiyamiz Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan Chilonzor tumanidagi “Do‘mbirobod”, “Gavhar”, “Cho‘pon ota” va “Charxkamolon” mahallalarida bolalar o‘yingohlari, sport inshootlari hamda nuroniylar uchun mo‘ljallangan sog‘lomlashtirish maskanlarining bugungi holati manzilli o‘rganildi.

Saylovoldi dasturimizda “Har bir mahallada sog‘lom turmush tarziga xizmat qiluvchi qulay ijtimoiy infratuzilmani yaratish — davlat va jamiyatning umumiy vazifasi” deb belgilangan. Shu maqsadda o‘rganishlar jarayonida aholining real ehtiyojlari, bolalar o‘yingohlarining texnik va xavfsizlik holati, sport inshootlarining foydalanish darajasi hamda keksalar uchun sog‘lomlashtirish maskanlarining sharoitlari atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, ko‘plab hududlardagi o‘yingohlar ta’mirtalab ahvolda. Jumladan, “Do‘mbirobod” va “Gavhar” mahallalarida joylashgan maydonchalarning aksariyati 20–30 yildan buyon qayta ta’mirlanmagan. Sport va sog‘lomlashtirish jihozlarning metall qismlari zanglagan, o‘yin maydonchalarining qoplamalari yaroqsiz holga kelib qolgan. Bu esa bolalar xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Vakillarimiz mazkur masalalarni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish, mahalliy kengash deputatlari ishtirokida deputatlik so‘rovlari kiritish va jamoatchilik eshituvini o‘tkazishga qaror qilindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish