Deputat 30 dan ortiq murojaatlarni o‘rgandi
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashi deputati M.Jumayeva “Hazortut” va “Hofizrabot” mahallalarida bo‘lib, fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul jarayonida 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Jumladan, tibbiyot, imtiyozli kredit olish, moddiy yordam tayinlash va kadastr bilan bog‘liq masalalarda murojaatlar bo‘ldi.
Deputat aksariyat murojaatlarni joyida hal etdi. Masalan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro Sh.Asadovaning qizlarini davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish bo‘yicha murojaatiga shu kunning yechim topildi.
Muddat talab etadigan masalalar bo‘yicha esa tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborishga qaror qildi.