Yoshlar uchun bepul dasturlash kurslari tashkil etildi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan “Imkon” aksiyasi doirasida yoshlar uchun bepul 2 oylik Python dasturlash kurslari tashkil etildi.
Mazkur kurs yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasiga jalb etish, ularning zamonaviy kasb-hunar va dasturlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlash maqsadida tashkil etilgan.
Kurs davomida ishtirokchilar Python dasturlash tili asoslari, algoritmlar va ma’lumotlar tuzilmasi, amaliy loyihalar yaratish hamda IT yo‘nalishidagi kasbiy yo‘nalishlarni tanlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.