Xalq demokratik partiyasi Namangan viloyat kengashiga Davlatobod tumani “Tadbirkor” mahallasida yashovchi fuqaro B.Sharifbayevdan murojaat kelib tushgan edi.
Mazkur murojaat o‘rganilganda, bugungi kunda mahallada 3500 dan ortiq xonadonda 12 mingdan ko‘proq aholi istiqomat qilishi ma’lum bo‘lib, hududda ayrim yechimini kutayotgan masalalar borligi ham aniqlandi. O‘rganish davomida murojaatchilar ishga joylashtirish, o‘z hayotini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit olishga ko‘maklashish kabi masalalarda yordam so‘rashdi.
Har bir murojaatga alohida yondashuv asosida yechim topildi. Mas’ul idoralar bilan bog‘lanib, amaliy yordamlar berildi.
Shu bilan birga hududda obodonlashtirish ishlari nochor ahvolda ekani aniqlanib, mutasaddilar bilan mazkur holatni tez fursatda bartaraf etishga kelishib olindi.